Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

O‘zbekistonliklar ta’limni eng sifatli deb o‘quv markazlarida hisoblaydi – so‘rovnoma

18-iyul 15:51
O‘zbekistonliklar ta’limni eng sifatli deb o‘quv markazlarida hisoblaydi – so‘rovnoma

O‘zbekistonliklar ta’limni eng sifatli deb o‘quv markazlarida hisoblaydi – so‘rovnoma

O‘zbekistonda ta’limning qaysi turida yaxshiroq va sifatliroq ta’lim berilishini aniqlash uchun so‘rovnoma o‘tkazildi. 60 mingdan ortiq kishi qatnashgan so‘rovda 50 foiz ishtirokchi o‘quv markazlari faoliyatini eng yaxshi deb baholagan.

So‘rovda ta’lim dargohlarining qaysi biri boshqalariga nisbatan yaxshiroq, sifatliroq ta’lim beradi, qaysi birida zamonaviylikka intilish va ta’lim oluvchi yoshlarning xohishlarini qondirishga harakat bor degan savol qo‘yilgan.

Unda ishtirok etgan 60 ming foydalanuvchining eng ko‘pi – 50 foizi o‘quv markazlarini, 19 foizi javob berishga qiynalishini, 18 foizi universitet va institutlarni, 11 foizi maktab va litseylarni va 2 foizi kollej va texnikumlarni yaxshi deb hisoblagan.

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev so‘rov natijalari haqida shunday izoh berdi:

“Salkam 60 ming kishi ovoz bergan so‘rovda nima uchun o‘quv markazlari eng ko‘p ovoz (50 foiz) oldi, bilasizlarmi? Chunki bizda o‘quv markazlari vazirligi yo‘q. Bironta vazirlik yoki davlat idorasi o‘quv markazlarida nima o‘qitilishini, qanday o‘qitilishini, kim o‘qitishini, nazorat qilmaydi. Bironta vazirlik o‘quv markazlariga qaysi darslikdan va qaysi dastur asosida o‘qitishni yuqoridan belgilab bermaydi. Mana shuning uchun ham o‘quv markazlarida erkinlik bor va ular erkin raqobat bozorida bir-biridan o‘tish uchun o‘z ustida tinimsiz izlanishga majbur. Sifatli ta’lim berish yo‘llarini qidiradi. Yangidan yangi usullar va metodikalar bilan ishlaydi. Har bir o‘quvchiga individual yondashishga harakat qiladi. Mijoz doim haq prinsipiga rioya qiladi. Agar Xudo ko‘rsatmasin, ertaga o‘quv markazlarini ham qaysidir vazirlik nazorat qilishni boshlasa, biz tasdiqlab bergan o‘quv dasturlari asosida, biz belgilab bergan darsliklar bilan o‘qitasan deb shart qo‘ysa, bilingki, o‘sha kundan boshlab o‘quv markazlari ham ’o‘ladi’, tamom bo‘ladi,” – deb yozgan u.

Avvalroq huquqshunoslik fanidan test savollariga eʼtirozlar ko‘payayotgani haqida xabar bergandik