Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Magistratura uchun ham ta’lim krediti beriladimi?

30-avgust 18:20
Magistratura uchun ham ta’lim krediti beriladimi?

Magistratura uchun ham ta’lim krediti beriladimi?

Javob: HA

Ta’lim kreditlari tijorat banklari tomonidan ta’lim tashkilotlari bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan, shuningdek o‘qishini ko‘chirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan talabalarga beriladi.

Ta’lim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng ettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi. Bunda, ta’lim kreditlari uchun foizlarni hisoblash va to‘lash ta’lim tashkilotiga mablag‘lar o‘tkazilgan sanadan boshlab, asosiy qarzni qaytarish esa kredit oluvchi tomonidan ta’lim tashkilotida ta’limning ushbu turi bo‘yicha o‘qishning rasmiy belgilangan muddati tugallangandan so‘ng 7 oydan boshlab amalga oshiriladi.

Kredit oluvchi ta’lim kreditini olish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  • Ta’lim krediti shartnomasi kredit oluvchi tomonidan taqdim etilgan talaba va ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi **to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqidagi shartnoma (kontrakt)**da ko‘rsatilgan 1 yillik to‘lov summasiga teng miqdordagi summaga tuziladi.

Ta’lim kreditlari bo‘yicha mablag‘lar ta’lim tashkilotlariga tijorat banklari tomonidan ta’lim krediti shartnomasida ko‘rsatilgan shartlarda o‘quv yili mobaynida o‘qish uchun yillik to‘lovning to‘liq miqdorini belgilangan tartibda, teng ulushlarda 4 qismga bo‘lish yo‘li bilan o‘tkaziladi.

Tijorat banklari kredit oluvchining yozma arizasiga asosan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqidagi shartnomada (kontrakt) nazarda tutilgan hollarda o‘qishning yarim yil yoki to‘liq bir yil uchun to‘lov summasini biryo‘la amalga oshirishi mumkin. Kredit oluvchi ta’lim kreditini ta’lim krediti shartnomasida belgilangan muddatlardan oldin qaytarishga haqlidir.

Agar kredit oluvchining tijorat bankidan olgan ta’lim krediti bo‘yicha muddati o‘tgan foiz qarzdorligi mavjud bo‘lsa yoki muntazam ravishda to‘lov muddatini o‘tkazib kelgan bo‘lsa, tijorat banki ta’lim krediti shartnomasida belgilangan tartibda kredit oluvchiga to‘lov-kontraktning navbatdagi qismi bo‘yicha yoki keyingi yillar uchun ta’lim kreditini ajratishni rad etishi mumkin.