Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Malaka test sinovlarida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish boshlandi

01-avgust 15:22
Malaka test sinovlarida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish boshlandi

Malaka test sinovlarida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish boshlandi

Avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan malaka test sinovlarida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish bugundan boshlandi. Bu haqida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.

Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʻlim tashkilotlari pedagog kadrlari joriy yil avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan attestatsiyada ishtirok etishlari uchun 1-avgustdan 1-oktabrga qadar roʻyxatdan oʻtishi va murojaat yuborishi mumkin.

Murojaatlar quyidagi manzillar orqali qabul qilinadi:

  • Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining pedkadr.uzedu.uz platformasi;
  • Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;
  • Davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi.