Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

O‘zbekiston tibbiyot oliygohlari afg‘on ayollarini o‘qitishni boshlaydi

11-sentabr 11:10
O‘zbekiston tibbiyot oliygohlari afg‘on ayollarini o‘qitishni boshlaydi

Afg‘on ayollarining O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida tibbiyot yo‘nalishida ta’lim olishi uchun muhim qadam tashlandi. 9-sentyabr kuni Qatar poytaxti Doha shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Qatarning “Ta’lim har narsadan ustun” (“Education Above All”) fondi o‘rtasida afg‘on ayollarini tibbiyot sohasida o‘qitishni tashkil etishni ko‘zda tutuvchi memorandum imzolandi.

Ushbu memorandum doirasida 160 nafar afg‘on ayolini O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida tibbiyot yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitish rejalashtirilgan. Bu tashabbus, bir tomondan, afg‘on ayollarining ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish uchun katta qadam bo‘lsa, ikkinchi tomondan, O‘zbekistonning ta’lim tizimi uchun xalqaro darajadagi hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston bu orqali qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikni mustahkamlashni va xalqaro ta’lim maydonida o‘z o‘rnini mustahkamlashni davom ettirmoqda. Ta’lim sohasidagi bunday hamkorliklar mintaqada bilimli va malakali mutaxassislar yetishib chiqishini ta’minlaydi.