Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Pedagog xodimlar malaka oshirishni onlayn o‘qishlari mumkinmi?

Kecha, 00:05
Pedagog xodimlar malaka oshirishni onlayn o‘qishlari mumkinmi?

Pedagog xodim malaka oshirishga onlayn o‘qisa bo‘ladimi?

Savol: Malaka oshirishga onlayn o‘qishim mumkinmi, mumkin bo‘lsa kimga murojaat qilish kerak?

Javob:

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-son qaroriga 1-ilovada tasdiqlangan "Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom"ning 64-bandiga asosan, malaka oshirish ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan tabaqalashtirilgan ishchi o‘quv dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi.

Reyestr orqali har yili 5-oktabrda navbatdagi kalendar yilda tashkil etiladigan malaka oshirish kurslari haqidagi ma’lumotlar kurslarni tashkil qiladigan ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari hamda elektron platforma bo‘yicha barcha xodimlar e’tiboriga havola qilinadi (Nizom 68-band).

Ushbu Nizomning 69-bandiga asosan, xalq ta’limi tashkilotining har bir xodimi joriy yilning 6-oktabridan 15-oktabriga qadar, o‘z ehtiyoji va ixtiyoridan kelib chiqib, navbatdagi kalendar yilda malaka oshiradigan ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotini tanlaydi.

Yuqoridagilarga ko‘ra, pedagog xodim har yili 15-oktabrga qadar malaka oshirish uchun ta’lim tashkilotida ishlab chiqarishdan ajralgan holda malaka oshirish yoki Nizom 68-bandiga asosan elektron platforma orqali malaka oshirishni tanlaydi.

Shunga ko‘ra, pedagog qaysi usulda malaka oshirishni tanlagan bo‘lsa, shu usulda malaka oshirishi kerak.