Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Silk Roads Youth Research Grant: Buyuk Ipak Yo‘liga oid tadqiqotlar uchun 10 000 AQSH dollari miqdorida grant!

6.05.2022 10:01
Silk Roads Youth Research Grant: Buyuk Ipak Yo‘liga oid tadqiqotlar uchun 10 000 AQSH dollari miqdorida grant!

Muddati:

31.05.2022

Rasmiy havola:

en.unesco.org

Grant turi:

Tanlovlar

Silk Roads Youth Research Grant: Buyuk Ipak Yo‘liga oid tadqiqotlar uchun 10 000 AQSH dollari miqdorida grant!

Dastur doirasida UNESCO Buyuk Ipak Yo‘lining umumiy merosi va tarixini tadqiq qiluvchi 12 ta tadqiqot loyihasiga grant ajratmoqda.

Kimlar uchun:
35 yoshga to‘lmagan tadqiqotchilar uchun.

Nomzodlar uchun talablar:
-Magistratura yoki PhD bosqichida tahsil olayotgan bo‘lishi kerak;
-Tadqiqot loyihasi bir nafar tadqiqotchi yoki bir necha tadqiqotchilar jamoasi tomonidan hamkorlikda topshirilishi mumkin;
-Taklif qilingan loyiha Buyuk ipak yo‘lining umumiy merosi va tarixini yaxshiroq tushunishda muhim xulosalar bera olishi, aniq natijalarga erishish potensialiga ega bo‘lishi kerak.

Loyiha ingliz tilida topshirilishi lozim!

G‘oliblar uchun imkoniyatlar:
12 nafar g‘olibning har biriga tadqiqotini amalga oshirish uchun 10 000 dollardan grant ajratiladi.

Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2022-yil 31-maygacha.

Batafsil.