Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Talaba imtihondan o‘tgandan so‘ng oliygohga taqdim etishi kerak bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati

27-avgust 04:10
Talaba imtihondan o‘tgandan so‘ng oliygohga taqdim etishi kerak bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati

Talaba imtihondan o‘tgandan so‘ng oliygohga taqdim etishi kerak bo‘lgan hujjatlar

O‘qishni ko‘chirish imtihonlaridan muvaffaqqiyatli o‘tgan talabalar uchun oliygoh tomonidan aloqa xati beriladi. Ushbu xatda talabalar oliygohga taqdim etishi kerak bo‘lgan hujjatlar aniq ko‘rsatiladi. Quyida talabalar tomonidan olib kelinishi lozim bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati keltirilgan:

  • Diplom yoki attest asl nusxasi
  • Transkripti yoki reyting daftarchasi asl nusxasi
  • Akademik ma’lumotnoma
  • 1-kursga qabul qilinganlik bo‘yicha buyruqdan ko‘chirma
  • Kursdan-kursga o‘tganligi to‘g‘risida buyruqdan ko‘chirma
  • Talabalar safidan chetlashtirilganligi to‘g‘risida buyruqdan ko‘chirma
  • Oliygoh akreditatsiya (sertifikat yoki litsenziya) hujjatlari

Ushbu hujjatlar oliygoh tomonidan talab qilinadi va ularni to‘liq taqdim etish o‘qishni ko‘chirish jarayonini muvaffaqiyatli yakunlashda muhim ahamiyatga ega.