Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Talabaga hisoblangan stipendiyalar haqida elektron portali orqali ma’lumot olish imkoniyati yaratildi

03-fevral 10:59
Talabaga hisoblangan stipendiyalar haqida elektron portali orqali ma’lumot olish imkoniyati yaratildi

Ushbu xizmat faqat hozirda tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, my.gov.uz portaliga kirib, "Ta’lim" bo‘limidan "Stipendiya haqida ma’lumot" xizmatini va kerakli davrni tanlash orqali ushbu davr bo‘yicha hisoblangan stipendiyalar haqidagi ma’lumotga ega bo‘lish mumkin.

Shuningdek, ushbu xizmatdan talabalar HEMIS axborot tizimi orqali ham foydalanishlari mumkin.

Ushbu xizmat faqat hozirda tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. O‘qishni tugatgan yoki talaba bo‘lmagan shaxslar uchun stipendiya ma’lumotlari mavjud emas.

Stipendiya ma’lumotlari Iqtisodiyot va moliya vazirligining UzASBO tizimi orqali olinmoqda.