Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Talabalar uchun: O‘qishni ko‘chirish jarayonlari va transkript olish tartibi

03-iyul 06:36
Talabalar uchun: O‘qishni ko‘chirish jarayonlari va transkript olish tartibi

O‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabalar, xoh xorijda o‘qiyotgan bo‘lsin, xoh yurtimizdagi davlat yoki xususiy oliygohlarda tahsil olayotgan bo‘lsin, ushbu post barcha toifaga tegishli.

15-iyuldan o‘qishni ko‘chirish uchun qabul jarayonlari boshlanadi. Sizdan talab etiladigan asosiy hujjat transkript hisoblanadi. Ayni vaqtda o‘qiyotgan semestrni to‘liq yopolmasangiz yoki fanlardan qarzdorlik mavjud bo‘lsa, yoxud semestr kechroq yakunlansa ham bu o‘qishni ko‘chirishga hech qanday ta’siri yo‘q.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yilda qabul qilingan 393-sonli qaroriga asosan talaba o‘qishini ko‘chirishi uchun "birinchi kursning birinchi semestridan qarzdorlik bo‘lmasligi kerak". Bu degani, qolgan semestrlardagi qarzdorlik muhim emas. Ya’ni, siz nechanchi kurs bo‘lishingizdan qat’iy nazar, oxirgi semestrdan qarzdor bo‘lsangiz ham o‘qishingizni ko‘chira olasiz. Bu qonunchilikda aniq va tiniq ko‘rsatib qo‘yilgan.

Noqonuniy holatlar: Ayrim xususiy yoki davlat oliygohlarining mutasaddilari tomonidan sizga oxirgi semestrda fanlardan qarzdorlik borligi bahonasi bilan "senga transkript berish mumkin emas, bermaymiz, perevod qila olmaysan" deb transkript bermaslik holatlari mutlaqo noqonuniydir.

Qo‘shimcha chora-tadbirlar:

  • Agarda sizda shunday holat kuzatilsa, o‘sha shaxsdan transkript bermasligi haqida yozma javob talab qiling.
  • Agar shunda ham ta’sir qilmasa, kechiktirmay o‘sha kunning o‘zidayoq Prokuraturaga murojaat qiling. Haqqingizni talab qilishni o‘rganing.

Xususiy oliygohlardagi holatlar: Bu holat asosan xususiy oliygohlarda kuzatilmoqda ekan. Ular buni o‘zining ichki tartib-qoidasi bilan izohlashyapti. Shuni yodda tutingki, har qanday ichki tartib-qoida yuqori turuvchi qonun hujjatlaridan ustun bo‘la olmaydi, aksincha o‘sha qonunlarga asoslangan holatda joriy qilinadi. Xususiy OTMlarning transkript bermaslik bo‘yicha talablari ham mutlaqo noqonuniydir.