Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

2024-yil: Xotin-qizlar uchun foizsiz taʼlim kredit ajratish tartibi

03-avgust 01:44
2024-yil: Xotin-qizlar uchun foizsiz taʼlim kredit ajratish tartibi

Xotin-qizlar uchun foizsiz taʼlim kredit ajratish tartibi

Prezidentining Farmoni (27.05.2024-yildagi PF-82-son) bilan 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarorga o‘zgartirish kiritildi. Unga ko‘ra, endilikda faqat kunduzgi ta’lim shaklida oʻqiyotgan xotin-qizlarga imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladi.

Kredit kimlarga beriladi?

  • Oʻzbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlar filiallari);
  • Oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).

Ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’lim shakli uchun beriladi!

14 foizda berilar ekan-ku, nega foizsiz deyilyapti?

Toʻgʻri, taʼlim krediti aslida 14 foizlik stavkada beriladi. Ammo bu foiz qismini xotin-qizlar toʻlamaydi, davlat toʻlab beradi.

Toʻlash qachondan boshlanadi?

Taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng yettinchi oydan boshlab (yaʼni olti oy oʻtib) 7 yil davomida qaytariladi.

Qanday hujjatlar kerak?

  • Bankka ariza;
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
  • Taʼlim muassasasi bilan toʻlov-kontrakt shartnomasi;
  • Talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat.

“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.