Xususiy oliygohlarning lisenziyasi haqiqiyligini qayerdan tekshirsa bo‘ladi?
30-iyun 08:07
![Xususiy oliygohlarning lisenziyasi haqiqiyligini qayerdan tekshirsa bo‘ladi?](https://static.oliygoh.uz/crop/2/1/832__85_2121853382.jpg?t=1719751140)
Prezident maktabiga tayyorlanuvchilar uchun mobil ilova
➡ BATAFSIL
Javob:
Xususiy oliygohlarning lisenziyasi haqiqiyligini tekshirish uchun bir nechta usullar mavjud:
- Oliygoh binosida: Odatda oliygohlar lisenziyalarini binoning kirishi qismiga ilib qo‘yishadi.
- Konsaltinglar: Konsalting firmalari sizga lisenziyani elektron (PDF) shaklida yuborishlari yoki oflayn ko‘rsatishlari mumkin.
- QR kod: Lisenziyadagi QR kodni skaner qilish orqali hujjat ma’lumotlarini tekshirishingiz mumkin.
- Online tekshirish: License.gov.uz saytiga kirib, saytning "Reyestr" bo‘limida “Hujjat raqami”ga lisenziya raqamini (masalan, 123456) kiritish orqali lisenziyaning haqiqiyligini tekshirishingiz mumkin.