Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Yangi olingan toifa qachondan boshlab kuchga kiradi?

03-iyul 06:32
Yangi olingan toifa qachondan boshlab kuchga kiradi?

Yangi olingan toifa qachondan boshlab kuchga kiradi? (yoki toifa sertifikatlari qachon tarqatiladi?)

Attestatsiya yakunlanganidan soʻng bir oy muddatda vakolatli vazirliklar rahbarining buyrugʻi (qarori) bilan attestatsiya natijalariga koʻra toifa olgan pedagoglarning roʻyxati tasdiqlanadi hamda QR-kod qoʻyilgan elektron shakldagi sertifikatlar beriladi.

Natijalar va integratsiya: Navbatdagi majburiy va navbatdan tashqari attestatsiya natijalariga koʻra pedagoglarning oylik ish haqlariga kiritiladigan oʻzgarishlar avtomatik tarzda hisoblab chiqarilishi uchun vakolatli vazirlikning rasmiy veb-sayti UzASBO yoki boshqa moliyaviy hisob-kitob dasturlari hamda maktab boshqaruv (ERP) dasturlari bilan integratsiya qilinadi.

  • Pedagoglarning bazaviy tarif stavkalari miqdori, ularning malaka toifasi yoki lavozimi sertifikat asosida belgilanadi hamda ularning ish haqlari sertifikat generatsiya qilingan kundan boshlab qayta hisoblanadi.
  • Yanvar-iyun oylarida oʻtkazilayotgan attestatsiyaning oxirgi kuni 31-may hisoblanadi.