Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

2024-yil III choragida xorijiy taʼlim hujjatlarini tan olish bo‘yicha test sinovlari muddatlari

30-iyun 05:18
2024-yil III choragida xorijiy taʼlim hujjatlarini tan olish bo‘yicha test sinovlari muddatlari

Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarini o‘tkazsish bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Bilim va malakalarni baholash agentligi faoliyati yopiq ish rejimiga o‘tkazilishi sababli iyul oyida xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha test sinovlari tashkil etilmaydi.

Test sinovlari 2024-yilning avgust-sentabr oylarida quyidagi muddatlarda tashkil etiladi:

AVGUST:

  • 2024-yil 23-avgust

SENTABR:

  • 2024-yil 5-sentabr
  • 2024-yil 19-sentabr

DIQQAT: Test sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlar ro‘yxati, test sinovi o‘tkaziladigan hududlar va test sinovlarini boshlanish vaqti haqidagi maʼlumotlar qo‘shimcha ravishda test sinovlari o‘tkazilishi belgilangan muddatdan kamida 5 kun oldin eʼlon qilinadi.

Izoh: Test sinovlarini o‘tkazish muddatlariga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, bu haqda qo‘shimcha maʼlumot beriladi.