Fransiyada bakalavr va magistratura kursida o‘qish uchun Emile Boutmy stipendiyasi
28.09.2021 17:11
![Fransiyada bakalavr va magistratura kursida o‘qish uchun Emile Boutmy stipendiyasi](https://static.oliygoh.uz/crop/2/1/832__85_2139943163.jpg?t=1632831077)
Muddati:
30.11.2021
Davlat:
Fransiya
Rasmiy havola:
Grant turi:
Bakalavriatura, Magistratura
Parijda joylashgan Science Po universiteti bakalavr va magistraturada o‘qish uchun Emile Boutmy stipendiyasini taklif qiladi. Dasturda bilimli, Fransiyada o‘qishni xohlovchi va universitet talablariga 100% javob beruvchi talabalar qatnashishlari mumkin.
Foydali tomonlari:
- Bakalavriat uchun stipendiya miqdori 3 yillik o‘qish uchun 3 600 yevrodan 13 000 yevrogacha;
- Magistratura uchun - 2 yillik o‘qish uchun 12 200 yevro. Grant miqdori oilaning yutuqlari va daromadiga bog‘liq.
Ariza topshirish muddati:
Bakalavriat - 2022-yil fevral o‘rtalari
Magistratura - 2021-yil 30-noyabr
Talablar:
- Nomzodlar Yevropa Ittifoqi fuqarosi bo‘lmasligi;
- Science Po universitetiga qabul qilingan bo‘lishi va dasturga birinchi marta ariza topshirayotgan bo‘lishi;
- Bakalavr uchun maktab yoki kollej/litseyni tugallagan bo‘lishi;
- Magistratura uchun bakalavr bosqichini tugallagan bo‘lishi;
- Yaxshi baholarga ega bo‘lishi;
- Ingliz tilini yaxshi bilishi lozim.
Dasturga ariza topshirish uchun shu yerga kiring.
Yo‘nalishlar bo‘yicha kerakli hujjatlar haqida bilish uchun shu yerga kiring.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Tasdiqlangan kvotalar bo‘yicha batafsil izoh
21-iyul 11:10