Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

European Forum Alpbach 2022: Avstriyada bo‘lib o‘tadigan Yevropa Alpbach forumida 2 hafta davomida qatnashish imkoniyati

21.03.2022 22:55
European Forum Alpbach 2022: Avstriyada bo‘lib o‘tadigan Yevropa Alpbach forumida 2 hafta davomida qatnashish imkoniyati

Muddati:

31.03.2022

Davlat:

Avstriya

Rasmiy havola:

2022.alpbach.org

Grant turi:

Bakalavriatura, Konferensiya, Magistratura

Umumiy ma’lumotlar:

Har yili Alpbach Yevropa Forumi butun dunyodan yuzlab taniqli yosh iste’dod egalariga grant dasturlarini e’lon qilib turadi. Ushbu grant dasturi ham talabalarga, yosh mutaxassislarga Alpbachga kelib, ilmiy va badiiy seminarlar, yuqori darajadagi konferensiya dasturi va turli xil ijtimoiy va madaniy tadbirlardan iborat noyob dasturda qatnashish imkonini beradi. Bu yilgi Alpbach 2022 Evropa forumi 2022 yil 21 avgustdan 2 sentyabrgacha bo‘lib o‘tadi. Seminarlar forum davomida ikki hafta davom etadi. Ular ertalab bo‘lib o‘tadi. Grant egalari ikkita seminarni tanlashlari mumkin, ular har birida bir hafta davomida qatnashadilar. Ilmiy, ijodiy va mahoratga yo‘naltirilgan seminarlarning o‘zaro ta’siri, panellar, seminarlar va tushdan keyin plenar bahslar bo‘lib o‘tadi.

Eslatma: Nomzodlar 20-avgust kuni Albachni ochilish forumiga qatnashishlari kerak.

Nomzodlar uchun qo‘yilgan talablar:

  • Ilgari ushbu forumda qatnashmagan bo‘lishi;
  • Ingliz tili bilish sertifikati miimum B2 yoki IELTS 5.5 (ushbu darajada til bilishingizni isbotlovchi boshqa turdagi tasdiqlovchi hujjatlar ham qabul qilinadi);
  • 18-30 yosh oralig‘ida bo‘lishi;
  • Barcha millar fuqorolari topshirishlari mumkin;
  • Nomzodlar 2022-yil 20-avgustdan 2-sentyabrgacha Alpbach 2022 Yevropa forumida qatnashishga tayyor boʻlishi kerak;
  • Asosan ijtimoiy faol va jamiyat haqida yaxlit fikrlaydigan odamlardan arizalar qabul qilinadi. Davlat xizmati, ko‘ngillilik, siyosiy yoki notijorat ish va shu kabi ijtimoiy hoyihalarda qatnashgan aktiv insonlar topshirishlari rag‘batlantiriladi.

Foydali jihatlari:

  • Turar joy xarajatlari to‘liq qoplab beriladi;
  • Kunliq oziq ovqat xarajatlari uchun ham mablag‘ bilan ta’minlanadi;
  • Shuningdek Alpbach Yevropa forumida qatnashish xarajatlari ham to‘liq qoplanadi;

Eslatma : Ammo Avstriyaga kelib ketish safar xarajatlarini ishtirokchilarni o‘zlari qoplashlari kerak.

Kerakli hujjatlar:

  • "Ingliz tilini bilish" bo‘limida ko‘rsatilgan ingliz B2 darajangizni tasdiqlovchi hujjat;
  • Eng so‘nggi diplom (ingliz, nemis yoki frantsuz tillarida);
  • СV/Resume;
  • Motivatsion xat (uni qanday yozish bo‘yicha bu yerdan batafsil tanishib chiqing);

Muhim sanalar:

  • 15-mart dan qabul boshlandi;
  • 31-martga qadar arizalar qabul qilinadi;
  • May oyida natijalar e’lon qilinadi;
  • Mayning oxirida kelishuv imzolanadi;
  • Iyun-Avgust oylarida umumiy tayyorgarlik ishlari olib boriladi;
  • 20-avgust Avstriyaga yetib kelish;
  • 2-sentabrga qaytib ketish;

Eslatma: Ariza shaklini to‘ldirishni boshlashdan oldin motivatsion bayonotingizni tayyorlang. Inshoda ismingiz yoki jinsingiz kabi shaxsiy ma’lumotlarni kiritmang.

Tez tez beriladigan savollarga javoblarni bu yerdan javob olishingiz mumkin.