Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Ikkinchi marta ham kasbiy sertifikat ololmaganlarning taqdiri qanday bo‘ladi?

30-avgust 00:04
Ikkinchi marta ham kasbiy sertifikat ololmaganlarning taqdiri qanday bo‘ladi?

Ikkinchi marta ham kasbiy sertifikat ololmaganlar taqdiri nima bo‘ladi?

Vazirlar Mahkamasining tegishli (12.02.2024-yil 87-son) qaroriga ko‘ra, uzrli sabablarga ko‘ra nazorat sinovida ishtirok eta olmagan hamda birinchi marotaba nazorat sinovida ishtirok etib, undan o‘ta olmagan talabgorlar uchun navbatdan tashqari nazorat sinovi har yili yangi o‘quv yili boshlangunga qadar tashkil etiladi.

Nazorat sinovi natijasi bo‘yicha 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan talabgor nazorat sinovidan o‘tgan hisoblanadi. Biroq, navbatdan tashqari nazorat sinovida ishtirok etib, yetarli ball to‘play olmagan talabgor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda bekor qilinadi.

Shuningdek, ish beruvchi mehnat shartnomasi bekor qilingan talabgor tugatgan oliy ta’lim tashkilotiga talabgorning kasbiy sertifikatlashdan o‘ta olmaganligi to‘g‘risida reklamatsiya yuboradi.

Bu qaror kasbiy malaka va sertifikatlarga jiddiy e’tibor qaratish va sifatli kadrlarni tayyorlash maqsadida qabul qilingan.