Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

"Perevod" qabuli boshlanishiga 2 kun qoldi

13-iyul 15:48

O‘qishni ko‘chirish tartibi

Xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo‘lgan OTMlari, Respublikadagi xususiy va xorijiy OTM filiallaridan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish davlat komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi.

Oʻqishni koʻchirish uchun arizalar 15-iyuldan 5-avgustga qadar qabul qilinadi.

Kerakli hujjatlar

  • Ariza
  • Reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma nusxasi
  • Akademik ma’lumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun)

Imtihonlar test (alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari uchun mutaxassislik fanlaridan kasbiy-ijodiy) shaklida bo‘lib o‘tadi.

Maxsus sinov natijasi davlat komissiyasiga taqdim etiladi va fuqaro davlat komissiyasi qarori bilan ko‘rsatilgan o‘quv shakliga to‘lov-kontrakt asosida ko‘chiriladi.

OTMlarning magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar o‘qishini davlat OTMlariga ko‘chirilishiga ruxsat etilmaydi.