Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Registon stipendiyasi - 2023 tanlovining natijalari e’lon qilindi

04-iyul 09:48
Registon stipendiyasi - 2023 tanlovining natijalari e’lon qilindi

Xabaringiz bor, Respublika miqyosida iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va moliyaviy ragʻbatlantirish maqsadida Registon ta’lim loyihasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda OLIYGOH.UZ ta’lim platformasi hamkorligida talabalar uchun “REGISTON STIPENDIYASI — 2023” tanlovi e’lon qilingan edi. Tanlovda ishtirok etgan nomzodlar 3 oy davomida 3 bosqichdan iborat bo‘lgan imtihon tizimida o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

— Stipendiya tanlovi e’lon qilingandan so‘ng ushbu loyiha yuz minglab yoshlar orasiga kirib bordi va 82 mingdan ziyod talabalar ushbu stipendiya uchun ro‘yxatdan o‘tdilar.

— Tanlovning 1-bosqichida Respublikamizning turli hududlaridan 12 mingdan ziyod iqtidorli talabalar tanlov imtihonida ishtirok etdi hamda eng yaxshi natija ko‘rsatgan 1071 nafar nomzodlar keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi. (Natijalarni ko‘rish) Birinchi bosqichda ishtirok etgan barcha nomzodlar "Shaxsiy kabinet" orqali tanlovning maxsus sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin (Sertifikatlarni yuklab olish).

— Tanlovning ikkinchi bosqichiga o‘tgan nomzodlar orasida 2-bosqich imtihonlari bo‘lib o‘tdi hamda ushbu bosqichda eng yaxshi natija ko‘rsatgan 209 nafar ishtirokchilar final yo‘llanmasini qo‘lgan kiritishdi (Natijalarni ko‘rish)

Tanlov yo‘riqnomasi va nizomiga ko‘ra, 3-bosqich (final) bosqichi eng yaxshi natija ko‘rsatgan ishtirokchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Uchinchi bosqich Hujjatlar topshirish bosqichi bo‘lib, stipendiya tanlovida ishtirok etayotgan nomzodlar tanlov nizomida ko‘rsatilgan hujjatlarni belgilangan tartibda platformaning maxsus imtihonlar oynasi orqali taqdim etdilar. Tanlovning maxsus komissiyasi ushbu hujjatlarni 4 ish haftasi davomida tekshiruvdan o‘tkazishdi.

Komissiya tarkibi:

Rais:

  • Tulovov Avazbek Registon ta’lim loyihasi asoschisi.

Komissiya a’zolari:

  • 10 kishidan tarkib topgan xalqaro darajadagi Registon o‘quv markazining professional ustozlari;
  • Isaxonov Ja’farxon OLIYGOH.UZ platformasi asoschilaridan biri, Navoiy Davlat stipendiyasi sovrindori, Respublika ilmiy tadqiqotlar stipendianti, ko‘plab davlat va xalqaro grantlar finalisti;
  • Tolibjonov Botirjon — Registon ta’lim loyihasi "HR bo‘limi" direktori, ijtimoiy loyihalar koordinatori;
  • Hamidjonov Shavkat OLIYGOH.UZ platformasi asoschilaridan biri, xalqaro CDAC, ACTS grantlari sovrindori, ko‘plab xalqaro darajada startuplar asoschisi.

Tanlov komissiyasi tomonidan xalqaro toifadagi stipendiya loyihalarini o‘rgangan holda nomzodlarni natijalari quyidagi talablar asosida 100 ballik baholash tizimida baholandi:

  • O‘qish joyidan talabaga berilgan Registon stipendiyasi uchun dekanat yoki kafedraning tavsiyanomasi. Tavsiyanomada universitetning rasmiy vakili talaba haqida bergan ma’lumotlari;
  • Talabaning 2022-2023 o‘quv yillarida turli tanlov va loyihalarda erishgan yutuqlari, sertifikatlari diplomlari mutaxassilar tomonidan sinchkovlik bilan tekshirildi;
  • Talabaning 2022-2023 o‘quv yillarida ijtimoiy faolligi shuningdek nashr ettirilgan ilmiy ishlar, patent, ixtirolari o‘rganib chiqildi
  • Talaba nafaqat ilmiy ish yoki yutuqlar, balkim xalqaro darajada olgan imtihon sertifikatlari ham o‘rganildi;
  • Shuningdek talabalar jo‘natgan hujjatlar aslida to‘g‘riligi, shaxsini tasdiqlovchi hujjat, o‘qish joyidan ma’lumotnoma (my.gov.uz orqali tasdiqlangan yoki dekanatdan tasdiqlangan ma’lumotnoma), CV (ma’lumotnoma)lari ham o‘rganib chiqildi va komissiya a’zolari natijalarni umumlashtirilgan holda quyidagi nomzodlarni “Registon stipendiyasi - 2023" tanlovining sovrindorlari deb e’lon qiladi:
O‘rin Ism-familiya Mobil raqam Hudud Ball
1 ALISHER ESHBEKOV 90***6757 77
2 Zulfiyaxon Fazliddinova 94***2408 Namangan viloyati 76
3 Dilshoda Xakimova 94***7703 Toshkent shahri 75
4 Lobarxon Xurramova 90***2198 Toshkent shahri 74
5 Iniyatillaeva Sevinch 33***0899 Samarqand viloyati 73
6 Abduraxmonov Asadbek 99***5808 Toshkent shahri 73
7 Otabek Fayzullaev 90***1020 Qoraqalpog‘iston Resp. 70
8 Mardon Shavkatjonov 90***9001 Toshkent shahri 70
9 Niginabonu Yuldosheva 91***0829 Buxoro viloyati 68
10 Isakova Gulbahor 99***6944 Andijon viloyati 68
11 Sitorabonu Hamroxo‘jayeva 94***8977 Toshkent shahri 65
12 Shamuratova Shoira 93***5015 Xorazm viloyati 65
13 Nodira Zokirovna 90***5538 Toshkent shahri 64
14 Dilmurod Toshmatov 93***2640 Toshkent shahri 64
15 Nigoraxon Mamasobirova 94***5042 Toshkent shahri 64
16 Farzona Kayumova 93***9258 Toshkent shahri 63
17 Sohibjamol Mirzaqandova 90***9093 Navoiy viloyati 62
18 Oydinoy 97***4139 Toshkent shahri 62
19 Ruxsatbegim Hojiyeva 90***9419 Toshkent shahri 62
20 Asilbek G‘ofurov 93***0406 Navoiy viloyati 61
21 Vazira Urokova KO 91***4884 Buxoro viloyati 61
22 Kholdarova Gulsanam 33***6168 Namangan viloyati 59
23 Isomiddinova Sarafroz 93***2409 Toshkent shahri 59
24 Mahzuna Mamajonova 93***2869 Toshkent shahri 58
25 Kamolova Sabina 90***8319 Toshkent shahri 58
26 Ibrohim Abdivokhidov 93***6698 Toshkent shahri 58
27 Dilnoza Nazarova 93***8833 Navoiy viloyati 58
28 Mahliyo Vahapdjanova 99***7460 Samarqand viloyati 58
29 Sevinch Tangriyeva 90***2138 Toshkent shahri 58
30 Sabrina Ergashova 90***2737 Toshkent shahri 57
31 Samandarbek Norboyev 91***7724 Toshkent shahri 57
32 Zulqaynarova Parizoda 99***5584 Toshkent shahri 57
33 Mohinur Vohidova 91***0155 Buxoro viloyati 57
34 Mohiruy Baxtiyorova 93***2823 Toshkent shahri 56
35 Ozodaxon Izzatillayeva 97***1805 Toshkent shahri 55
36 Dlyaverova Viktoriya 91***4228 Namangan viloyati 55
37 Shahzod Xojamurodov 99***3953 Samarqand viloyati 54
38 Elyorbek Saidov 90***6458 Toshkent shahri 53
39 Nargiza Sharipova 90***3227 Toshkent shahri 53
40 Zebo Yuldosheva 90***1603 Toshkent shahri 53
41 Fazliddin Zoyirov 90***7734 Toshkent shahri 52
42 Azimjon Sobirov 91***1204 Jizzax viloyati 51
43 Farangiz Eshturdiyeva 90***6850 Toshkent shahri 51
44 Abdukodirova Guzaloy 90***0100 Andijon viloyati 50
45 Orzigul Sherova 97***7400 Toshkent shahri 49
46 Manzuraxon Muxamedjanova 99***3700 Toshkent shahri 48
47 Shokir Eshmurodov 94***8899 Surxondaryo viloyati 47
48 Shakhnozabonu Boqiyeva 94***5115 Namangan viloyati 47
49 Rukhshona 93***4707 Buxoro viloyati 47
50 O‘g‘iloy To‘rayeva 91***7275 Toshkent shahri 46
51 Xudoyshukur Abdurasulov 93***4535 Jizzax viloyati 44

(Final natijalarini ko‘rish)

Stipendiya g‘oliblarini rag‘batlantirish

Stipendiya tanlovining mutlaq g‘oliblari “REGISTON” o‘quv markazining maxsus tadbirlar bo‘lib o‘tadigan zalida “Registon stipendiyasi sohibi” maxsus guvohnomasi, esdalik sovg‘alar, pul yutuqlari bilan tantanali ravishda taqdirlanadi. Taqdirlash marosimi bo‘yicha tanlov tashkilotchilari tomonidan g‘oliblarga maxsus sms-xabarnoma yuboriladi.

Registon ta’lim loyihasi va OLIYGOH.UZ jamoasi tanlovning barcha g‘oliblarini tabriklaydi!

Eslatma: Tanlov natijalaridan norozi bo‘lgan ishtirokchilar 6-iyul soat 17:00 ga qadar apellyatsiya arizasi yozishlari mumkin. Arizani OLIYGOH.UZ platformasida ochilgan "Shaxsiy kabinet"ning Onlayn murojaat bo‘limi orqali yuborishlari mumkin. Uch ish kunida arizaga rasmiy javob qaytariladi. Apellyatsiya quyidagi namuda bo‘lishi shart: Apellyatsiya.pdf

✅ Ma’lumot uchun:

  1. Tanlovga Respublikaning turli hududlaridan 82 mingdan ziyod iqtidorli yoshlar ro‘yxatdan o‘tdi;
  2. Tanlovning 1-bosqichida 12 mingdan ziyod nomzod imtihonda ishtirok etdi;
  3. Eng yaxshi natija ko‘rsatgan 1071 nafar nomzod 2-bosqichga yo‘llanma oldi;
  4. Eng yaxshi natija ko‘rsatgan 209 nafar nomzod final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.