1-kursga qabul qilingan talabalari ham yotoqxonaga ariza topshirishlari mumkin


Ayni paytda talabalikka tavsiya etilganlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni “Talabalar turar joyi axborot tizimi”ga yuklash ishlari o‘z yakuniga yetdi.

Endilikda, 1-kurs talabalari davlat OTMlarining yotoqxonalariga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalimy.gov.uz (https://my.gov.uz/uz/service/870) orqali elektron ariza yuborishlari mumkin.