Endilikda abituriyentlar 5 ta oliygohdan birortasiga kirolmagan bo‘lsa, lekin to‘plagan ballari boshqa oliygohdagi to‘lmagan yo‘nalishga to‘g‘ri kelsa, shu oliygoh rektori ularni kontrakt asosida qabul qilishi mumkin bo‘ladi.
Mazkur holat bo‘yicha qabul mexanizmi qoidalari taxminan 25-avgust kuni aniq bo‘lishi ma’lum qilindi.
Bu haqida 18-avgust kuni “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida yosh muhandislar ishtirokida tashkil etilgan tadbir davomida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy SHARIPOV axborot berdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘sha kuni “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida 2 000 nafar yosh muhandis bir vaqtda 2 000 ta kichik robot yig‘ib, “Guinness rekordlar kitobi”ga kirish bo‘yicha tadbir bo‘lib o‘tgan edi.