Abituriyentlar uchun xorijiy va nodavlat OTMdagi davlat grantlariga qo‘shimcha tanlov o‘tkaziladi


Davlat komissiyasi qaroriga ko‘ra, 2025–2026 o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalariga ajratilgan 1 320 ta davlat granti o‘rinlaridan bo‘sh qolgan qismi bo‘yicha qo‘shimcha tanlov e’lon qilindi. Ro‘yxatdan o‘tish 25 noyabrdan 4 dekabrgacha onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Asosiy tartib:

  • Xorijiy va nodavlat OTMlarga ajratilgan 1 320 ta davlat granti o‘rinlaridan vakant qolganlari uchun qo‘shimcha tanlov o‘tkaziladi.

  • 25 noyabr – 4 dekabr kunlari to‘lov-kontraktga tavsiya etilgan abituriyentlar my.uzbmb.uz platformasida onlayn ro‘yxatdan o‘tadi.

  • Ro‘yxatdan o‘tganlarga 2025 yil 11 dekabrga qadar test sinovlari tashkil etiladi.

  • Test sanasi, vaqti va manzili haqidagi ma’lumotlar abituriyentning shaxsiy kabineti orqali bildiriladi.

  • Imtihonda qatnashish uchun ruxsatnoma ham abituriyentning shaxsiy kabineti orqali yuklab olinadi.