Harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar uchun 2025/2026 o‘quv yili uchun o‘tish ballari (Kunduzgi ta’lim shakli uchun)


2025/2026 o‘quv yili uchun harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar uchun 9766 ta (2024/2025 o‘quv yili uchun 9745 ta edi) qo‘shimcha kvota tasdiqlangan edi. Shundan 7240 ta kvota ta’limning kunduzgi ta’lim shakli uchun ajratilgan edi. Buncha davlat granti uchun ajratilgan kvotalar soni 1755 tani tashkil etgan bo‘lsa, to‘lov kontrakt asosida qabul ko‘rsatkichi 5645 tani tashkil etgan.

Bu kvota harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlarning faqat birinchi yo‘nalishiga amal qiladi. Shuni ham inobatga olish kerak, imtiyozli kvota yo‘nalishlar kesimida emas, OTM kesimida hisoblanadi. Tavsiyanoma abituriyentga qo‘shimcha ball bermaydi. Imtiyozdan foydalanishda abituriyent grant uchun kamida 68 ball, kontrakt uchun kamida 56,7 ball to‘plagan bo‘lishi kerak. Undan kamroq ball olganlarga bu imtiyoz qo‘llanmaydi.

Tavsiyanomali abituriyent o‘ziga o‘xshagan tavsiyanomalilar bilan saralashda ishtirok etadi. Agar saralashdan o‘tolmasa, o‘zi to‘plagan balli bo‘yicha umumiy tartibda barcha bilan bellashadi. Balli yetsa, grant yoki kontraktda o‘qishi mumkin.

Har bir oliy ta’lim muassasasiga ta’limning kunduzgi ta’lim shakliga ajratilgan kvotalar soni va mos o‘tish ballari bo‘yicha to‘liq ro‘yxat quyida jadval ko‘rinishida shakllantirilgan.