Mehribonlik uylari bitiruvchilari uchun ajratilgan qo‘shimcha grant uchun 2025/2026 o‘quv yili o‘tish ballari (masofaviy ta’lim shakli uchun)


“Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari, shuningdek, yigirma besh yoshgacha bo‘lgan vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar uchun 2025/2026 o‘quv yili uchun qo‘shimcha bir foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlangan edi.

Jami 1 953 ta qo‘shimcha kvota ajratildi, shundan:

  • Kunduzgi: 1484 ta
  • Kechki: 287 ta
  • Masofaviy: 182 ta

Kvotalar tasdiqlanishi chin yetimlar va patronatdagi bolalar uchun ta’lim olishda yangi imkoniyatlar yaratadi va ularga davlat tomonidan qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash berilishini ta’minlaydi. Bu esa, ta’lim sohasida teng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan yana bir muhim qadam hisoblanadi.

Har bir oliy ta’lim muassasasiga MASOFAVIY ta’lim shakli bo‘yicha ajratilgan kvotalar soni va grantga o‘tish bali bo‘yicha to‘liq ro‘yxat quyida jadval ko‘rinishida shakllantirilgan.