O‘zbekistonning 38ta oliy ta’lim muassasasi xalqaro reytingda TOP-1000 talikka kirdi


Ushbu reytingda O‘zbekistonning 79 ta oliy ta’lim muassasasi ishtirok etdi.

Tayvanda 2025 yilgi UI GreenMetric reytingining rasmiy natijalari e’lon qilindi. Dunyoning eng nufuzli “yashil" universitetlar reytingidan o‘rin olgan ta’lim maskanlari orasida O‘zbekiston oliygohlari ham qayd etildi.

Joriy yilda 105 davlatdan 1 745 ta universitet baholangan ushbu reytingda O‘zbekistonning 79 ta oliy ta’lim muassasasi ishtirok etdi.

Ulardan 38 tasi dunyoning TOP-1000 taligidan joy oldi.

“2025 yilning mamlakatimizda “Atrof-muhitni asrash va ’yashilʼ iqtisodiyot yili” deb e’lon qilingani bilan uyg‘un holda, universitetlarimizning xalqaro ekologik tashabbuslardagi ishtiroki tobora faollashmoqda”, deyiladi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabarida.