O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2025-yil 2-iyunda qabul qilingan qarorga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalari talabalariga beriladigan stipendiyalar miqdori 10 foizga oshirildi. Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan davlat oliy ta’lim muassasalarida kontrakt to‘lovlari miqdori o‘zgarmasligi belgilandi. Ushbu qaror talabalarni moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim jarayoniga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Stipendiya turlari va miqdorlari
-
Davlat stipendiyasi — 2 410 695 so‘m
-
Nomli davlat stipendiyalari — 1 607 130 so‘m
-
Bazaviy stipendiya — 569 670 so‘m
-
Nogiron va yetim talabalar uchun stipendiya — 854 505 so‘m
Stipendiyalar miqdorining oshirilishi talabalar moddiy ta’minotini yaxshilashga, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga va ta’lim jarayoniga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi. Eng muhimi, kontrakt to‘lovlari o‘zgarmagan holda stipendiyalar ko‘paytirilgani talabalar uchun sezilarli yengillik yaratib, oliy ta’lim tizimida barqarorlikni ta’minlashga yordam beradi.