Talabaning “3” baho olishi stipendiya tayinlashga qanday ta’sir qiladi?


Oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun stipendiyalar tayinlash va toʻlash tartibi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi 59-son qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan Nizomning 6-bandida batafsil belgilangan.

Unga ko‘ra, stipendiyalar quyidagi asoslarda belgilanadi:

1. Stipendiyaning oshirilgan miqdorda tayinlanishi

Talabaning barcha fanlardan reyting koʻrsatkichlari faqat “aʼlo” (86 ball va undan yuqori) bo‘lsa, unga bazaviy stipendiyadan 20 foizga ko‘proq miqdorda stipendiya tayinlanadi.

2. Bazaviy stipendiya olish sharti

Agar talaba fanlarning 30 foizidan kam qismini “qoniqarli” (ya’ni reyting 71 balldan kam) bahoga o‘zlashtirgan bo‘lsa, unga bazaviy miqdorda stipendiya to‘lanadi.

3. Stipendiyaning bekor qilinishi

Talaba fanlarning 30 foizi yoki undan ko‘prog‘ini “qoniqarli” bahoga o‘zlashtirgan bo‘lsa, unga navbatdagi semestr davomida stipendiya tayinlanmaydi.

Istisno holatlar: to‘liq davlat taʼminotida bo‘lgan yetimlar, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lganlar va 1 yoki 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar ushbu cheklovdan mustasno.

Xulosa:

Agar talaba 3 baho (ya’ni “qoniqarli”) olsa va bu baholar umumiy fanlar sonining 30 foizi yoki undan ko‘prog‘ini tashkil etsa, unga stipendiya berilmaydi. Ammo agar 3 baholar 30 foizdan kam bo‘lsa, talaba bazaviy stipendiya olishda davom etadi.