Toshkent davlat yuridik universitetida 3 yillik maxsus dastur va huquq fanidan sertifikat joriy etiladi


Prezident farmoni bilan 2026–2027 o‘quv yilidan Toshkent davlat yuridik universitetida bir qator yangi tashabbuslar joriy etiladi. Yangiliklar yuridik ta’limni modernizatsiya qilish va malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan.

Asosiy o‘zgarishlar:

  • TDYuUda 3 yillik maxsus bakalavriat dasturi yo‘lga qo‘yiladi. Bu dasturga universitet huzuridagi akademik litsey, yuridik texnikum bitiruvchilari va oliy ma’lumotga ega shaxslar o‘z tanloviga ko‘ra qabul qilinadi.

  • Qashqadaryo yuridik texnikumi negizida TDYuU huzuridagi akademik litsey tashkil etiladi.

2026–2027 o‘quv yilidan yana quyidagilar amalga oshiriladi:

  • “Yurisprudensiya” yoki “Davlat va jamiyat boshqaruvi” bakalavriga ega shaxslar qayta tayyorlov talab etilmasdan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Davlat va huquq asoslari” fanidan dars bera oladi.

  • Huquq fanidan bilish darajasini baholash bo‘yicha test joriy qilinadi va natijalari asosida davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

Bundan tashqari:

  • 2026 yil 1 martdan TDYuUda “Yurisprudensiya”dan boshqa turdosh yo‘nalishlar bitiruvchilari uchun 2 yillik magistratura dasturi ochiladi.

Ushbu islohotlar yuridik ta’lim tizimini zamonaviy talablarga moslashtirish, huquqiy bilimga ega pedagoglar sonini oshirish va maktablarda huquqiy savodxonlik darajasini yuksaltirishga xizmat qiladi.