Prezident farmoni bilan yuridik ta’lim va ilm-fanni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilandi. Asosiy vazifalar orasida:
-
yuridik ta’lim samaradorligi va sifatini oshirish
-
Toshkent davlat yuridik universitetining 2030 yilgacha Quacquarelli Symonds reytingida huquq sohasi bo‘yicha eng yaxshi 1 mingta universitet qatoriga kirishini ta’minlash
2026/2027 o‘quv yilidan boshlab Universitetda:
-
amaliy o‘qitish,
-
klinik ta’lim,
-
dual ta’lim tizimi
tizimli tarzda joriy etiladi.
Tartibga ko‘ra:
-
2-, 3- va 4-kurs talabalarining o‘quv dasturlari 50 foiz auditoriyada,
-
50 foiz sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa yuridik tashkilotlarda o‘tkaziladi.
Bu model talabalarning haqiqiy huquqiy muhitda ish tajribasi orttirishini kuchaytiradi.
2027/2028 o‘quv yilidan boshlab:
-
Universitet tajribasiga tayangan holda “Yurisprudensiya” yo‘nalishi mavjud boshqa davlat OTMlarida ham amaliy, klinik va dual ta’lim tamoyillari bo‘yicha o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi.
Mazkur islohotlar yuridik ta’limni amaliyotga yaqinlashtirish va yangi avlod huquqshunoslarning kasbiy tayyorgarligini mustahkamlashga xizmat qiladi.