O‘zbekistonda oliy ta'lim sifatini oshirishga ko‘maklashish uchun xalqaro kompaniya yollandi
Toshkent davlat texnika universitetidagi O‘zbek–Yapon yoshlar innovatsiya markazida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Birlashgan Arab Amirliklarining Shbeemann xorijiy konsalting kompaniyasi o‘rtasida O‘zbekistondagi oliy ta'lim muassasalarini xalqaro e'tirof etilgan tashkilotlar reyting ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Uchta OTMda yuridik fakultetlar qayta ochiladi
16 yanvar kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «Oliy ta'lim muassasalarining bosqichma-bosqich o‘zini-o‘zi moliyalashtirishga o‘tish istiqbollari» mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Qabul-2020: Fanlar majmuasidagi asosiy o‘zgarishlar
Bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga kirishda test topshiriladigan fanlar majmuasi 2019 yil 19 dekabrda tasdiqlangan edi. Uzoq kutilgan qarordagi asosiy yangilik majburiy fanlar blokining kiritilishi bilan bog‘liq. 2020/2021 o‘quv yili qabulidan boshlab, test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi ikki qismga – majburiy va ta'lim yo‘nalishiga mos fanlarga ajratiladi.
Oliy ta'lim bo‘yicha yangi tartib joriy etiladi. Vazirlar Mahkamasining vakolatlaridan biri bekor qilinadi
Vazirlar Mahkamasining muhokama uchun e'lon qilingan qarori loyihasiga ko‘ra, Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2020 yilning 1 avgustidan boshlab Vazirlar Mahkamasining boshqa davlatlarning oliy ta'lim muassasalariga O‘zbekiston hududida ta'lim faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi ruxsatnomalar berish vakolatini bekor
Oliy ta'lim tashkilotlari faoliyati bilan bog‘liq ayrim muammolar ochiqlandi
Vazirlar Mahkamasining muhokama uchun e'lon qilingan qarori loyihasida aytilishicha, so‘nggi ikki yilda bir qator yangi mahalliy va xorijiy oliy ta'lim tashkilotlarining tashkil etilishi natijasida oliy ta'lim tashkilotlariga qabul qilinayotganlar soni 20 foizga yetkazildi. Bugungi kunda O‘zbekistonda 95 ta mahalliy va 21 ta xorijiy – jami 116 ta oliy ta'lim muassasasi faoliyat olib bormoqda.
O‘zbekistonda ayrim talabalarning o‘qishini boshqa yo‘nalishga ko‘chirish taqiqlab qo‘yiladi
Oliy ta'lim tashkilotlarining ta'lim faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari qabul qilinadi. Prezidentning bu haqdagi tegishli qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
Davlat test markazi qoshida «Ilmiy-o‘quv amaliy markaz» tashkil etiladi
O‘zbekistonda test tizimini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinadi. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
Tibbiyot sohasi bo‘yicha yangi institut tashkil etiladi
Qoraqalpoq tibbiyot instituti tashkil etiladi. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
Mudofaa vazirligi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi o‘zgaradi
O‘zbekiston Mudofaa vazirligining oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqidagi Mudofaa vazirining buyrug‘i loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.
O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyot sohasida mutaxassislar tayyorlash boshlanadi
Respublika biznes va boshqaruv Oliy maktabi qoshida falsafa doktori (Doctor of Philosophy – PhD) va fan doktorlari (Doctor of Science – DSc) – «Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya» mutaxassisligi bo‘yicha ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash instituti ochiladi.