O'zbekiston-Rossiya: Tibbiy ta`lim yo'nalishida hamkorlik qilishga doir hujjatlar imzolanadi
18-19 oktabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston va Rossiya yetakchi oliygohlari tashabbusi bilan O‘zbekiston-Rossiya ta`lim forumi bo‘lib o‘tadi. Forumda ikki mamlakat prezident ma`muriyatlari xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta`lim vaziri, Rossiya Federatsiyasi ta`lim va ilm-fan vaziri, shuningdek ikki davlat OTMlarining 80 nafar rektori ishtirok etadi.
O'zbekistonda Rossiyaning qator oliygohlari filiallari ochilishi kutilmoqda
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga tashrifi doirasida bo‘lib o‘tayotgan forum ikki mamlakatning ta`lim va ilm-fan sohasidagi hamkorligini yanada mustahkamlashga va oxir-oqibat davlatlararo munosabatlarning chuqurlashuvi yo‘lida xizmat qilishga yo‘naltirilgan.
Xitoyga o'qigani ketgan 64 nafar qozog'istonlik o'smirga o'zga yurtda ko'chada qolish xavf solmoqda
Tengrinews.kz internet nashri tahririyatiga onalardan biri murojaat qilgan, uning aytishicha, bolalar 10 oktabrda Xitoyning Nannin shahriga o‘qigani uchib ketishgan. O‘qishni tashkillashtirgan kompaniya bolalarni universitetgacha kuzatib qo‘yishi kerak bo‘lgan, biroq buni qilmagan
To'lov-kontrakt qimmatlashgani ayrim talabalar uchun foydali bo'ldi
Davlat qabul komissiyasining 2018 yil 4 iyuldagi 2-son bayonining 12-ilovasi bilan 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab OTMlarda bitta talabani to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish miqdorlari tasdiqlangan edi. Ilk marta to‘lov-kontraktlar eng kam ish haqi miqdoriga bog‘lab qo‘yilgandi.
Matematikadan qanday samarali dars tayyorlash mumkin?
Avvalo shuni aytish lozimki, matematika fani siz o‘ylaganchalik qiyin fan emas. Qandaydir sabablar tufayli bu fandan sovib qolgan o‘quvchilarimiz, bu fan juda qiyin degan hulosaga kelib qolgan bo‘lishi mumkin.
“Pediatriya ishi" yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro fakultet ochiladi
Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari o‘qish muddatlari 7 yildan 6 yilga va “tibbiy profilaktika" yo‘nalishida 6 yildan 5 yilga qisqardi. Shuningdek, o‘quv rejalaridagi ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki 23 foizdan 7 foizga qisqartirilib, klinikagacha va klinikaga oid fanlar uchun soatlar hajmi 55 foizdan 85 foizgacha oshirildi.
Kembrij professori Toshkentdagi Inha universitetiga taklif qilindi
Kembrij universiteti professori Raymon Jozef Hoffman Toshkentdagi Inha universitetiga tayyorgarlik kurslarida ingliz tili o‘qituvchilari uchun treninglar o‘tkazish uchun taklif qilindi
Andijonda Hindistonning Sharda universiteti filiali ochiladi
Andijon mashinasozlik institutiga Hindistonning Sharda Universiteti Prezidenti Pradip Kumar Gupta boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi
Prezident stipendiyasini berish tartibiga o‘zgartirish kiritilmoqda
Stipendiatlarning soni magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 11 ta, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha har bir oliy ta’lim muassasasi uchun bittadan bo‘lib, har biri talaba o‘rtacha stipendiyasining uch barobari miqdorida belgilanishi taklif qilingan.
Belarus davlat pedagogika universitetining Toshkent shaxri filialiga 150 nafar talaba qabul qilinadi
2018 yilning 11 – 17-oktyabr kunlari Toshkent davlat pedagogika universitetida Maksim Tank nomidagi Belarus davlat pedagogika universitetining innovatsion pedagogika fakultetiga kirish imtihonlari o‘tkaziladi.