AKT ni o'qitishda Integral universiteti bilan hamkorlik qilinadi
8-noyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov Hindistonning Integral universiteti asoschisi va rektori Sayed Vasim Axtar boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi
TATU-BDARU qo‘shma fakulteti: to‘rt yil o‘qish, ikki diplom
2018-yilning sentyabr oyida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Belorussiya davlat axborot va radioelektronika universiteti o‘rtasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun Axborot texnologiyalari qo‘shma fakultetini tashkil etish to‘g‘risida shartnoma imzolangan edi
Jizzax politexnika instituti «Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive» bilan hamkorlik qiladi
Avtosanoat sohasida malakali kadrlar tayyorlashni yanada yuqori bosqichga olib chiqish maqsadida Jizzax politexnika instituti rektori Alisher Usmankulov hamda «Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive» MChJ QK boshqaruv direktori Erkinjon Yunusov tomonidan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi
O'zbekistonda Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti ochiladi
21-oktabr kuni Jismoniy tarbiya va sport vazirligida Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti rektori Mixaylova Tamara Viktorovna boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O'zbekiston-Rossiya: Tibbiy ta`lim yo'nalishida hamkorlik qilishga doir hujjatlar imzolanadi
18-19 oktabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston va Rossiya yetakchi oliygohlari tashabbusi bilan O‘zbekiston-Rossiya ta`lim forumi bo‘lib o‘tadi. Forumda ikki mamlakat prezident ma`muriyatlari xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta`lim vaziri, Rossiya Federatsiyasi ta`lim va ilm-fan vaziri, shuningdek ikki davlat OTMlarining 80 nafar rektori ishtirok etadi.
O'zbekistonda Rossiyaning qator oliygohlari filiallari ochilishi kutilmoqda
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga tashrifi doirasida bo‘lib o‘tayotgan forum ikki mamlakatning ta`lim va ilm-fan sohasidagi hamkorligini yanada mustahkamlashga va oxir-oqibat davlatlararo munosabatlarning chuqurlashuvi yo‘lida xizmat qilishga yo‘naltirilgan.
“Pediatriya ishi" yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro fakultet ochiladi
Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari o‘qish muddatlari 7 yildan 6 yilga va “tibbiy profilaktika" yo‘nalishida 6 yildan 5 yilga qisqardi. Shuningdek, o‘quv rejalaridagi ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki 23 foizdan 7 foizga qisqartirilib, klinikagacha va klinikaga oid fanlar uchun soatlar hajmi 55 foizdan 85 foizgacha oshirildi.
Kembrij professori Toshkentdagi Inha universitetiga taklif qilindi
Kembrij universiteti professori Raymon Jozef Hoffman Toshkentdagi Inha universitetiga tayyorgarlik kurslarida ingliz tili o‘qituvchilari uchun treninglar o‘tkazish uchun taklif qilindi
Andijonda Hindistonning Sharda universiteti filiali ochiladi
Andijon mashinasozlik institutiga Hindistonning Sharda Universiteti Prezidenti Pradip Kumar Gupta boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi
Belarus davlat pedagogika universitetining Toshkent shaxri filialiga 150 nafar talaba qabul qilinadi
2018 yilning 11 – 17-oktyabr kunlari Toshkent davlat pedagogika universitetida Maksim Tank nomidagi Belarus davlat pedagogika universitetining innovatsion pedagogika fakultetiga kirish imtihonlari o‘tkaziladi.