Tibbiyotdan boshqa texnikumlarga qabul 2025 yil 10 sentabrgacha amalga oshiriladi.
Joriy yilda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi kasbiy ta’lim tashkilotlari (texnikumlar)ga abituriyentlarni qabul qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Tibbiyot texnikumlariga qabul
Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari (tibbiyot texnikumlari)ning o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlariga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha kirish imtihonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq o‘tkaziladi.
Bunda my.uzbmb.uz sayti orqali 5–25 iyun kunlari onlayn ro‘yxatdan o‘tib, kirish imtihonlarida qatnashgan abituriyentlar o‘z xohishiga ko‘ra, tibbiyot texnikumlariga qabul tanlovida ham ishtirok etishi mumkin.
Qabul quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
- Biologiya + kimyo yoki kimyo + biologiya asosiy fan blokini tanlagan abituriyentlar — jami to‘plagan ballar bo‘yicha.
- Asosiy fanlar blokida biologiya yoki kimyo bo‘lmagan abituriyentlar — majburiy fanlar (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi) bo‘yicha to‘plagan ballari asosida mutaxassisliklarni tanlashi mumkin.
Tibbiyot texnikumlarini tanlash my.uzbmb.uz saytida 28 avgust kuniga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.
Boshqa texnikumlarga qabul
Tibbiyotdan boshqa texnikumlarga qabul my.edu.uz platformasi orqali 2025 yil 10 sentabrgacha (shu kuni ham) amalga oshiriladi.
Saralash imtihonlari kunduzgi va kechki ta’lim shakllari uchun yozma imtihon shaklida belgilangan tartibda o‘tkaziladi.