Bugun soat 23:59 gacha to‘lovni amalga oshirishingiz kerak. Avvalgi yillardagi kabi muddatni 1 kunga uzaytirib berishdi. To‘lovni amalga oshirishning so‘nggi muddati: bugun, 26-iyun soat 23:59 gacha.
Joriy yil bitirganlar uchun testga kirish tekin, avvalgi yillarda bitirganlar 187 ming 500 so‘m (yarim “minimalka”) to‘lashi kerak.
To‘lovni amalga oshirmasa nima bo‘ladi?
To‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan deb hisoblanadi va test sinovlariga qo‘yilmaydi.
Kimlar to‘lovdan ozod qilingan:
- taʼlim muassasasini joriy yilda tugatganlar;
- Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchalari bitiruvchilari;
- to‘liq davlat taʼminotidagi shaxslar;
- nogironligi bor shaxslar;
- ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxslar va ularning farzandlari;
- “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.
Agar siz ushbu toifalardan biriga tushsangiz, unda bu shaxsiy kabinetingizda avtomatik ko‘rinadi va “To‘lovdan ozod etilgansiz” degan ma’lumot chiqadi.