To‘rtta universitetga yangi rektorlar tayinlandi


Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Oliy ta’limda bir qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

Xususan:

Dilnoza Shavkatovna Xo‘jayeva Qo‘qon davlat universiteti rektori etib tayinlandi. U bunga qadar Qo‘qon davlat pedagogika instituti rektori lavozimida ishlagan.

To‘laganov Bahrom Abduqobilovich Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori etib tayinlandi. U tayinlovga qadar Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Strategik rivojlantirish boʻyicha birinchi prorektori lavozimida ishlab kelayotgandi.

Sadoqat G‘afforovna Siddiqova Buxoro davlat texnika universiteti rektori etib tayinlandi. S.Siddiqova bungacha Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori lavozimida ishlagan.

Rasul Nortojiyevich To‘rayev Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori etib tayinlandi. R.To‘rayev tayinlovga qadar Termiz davlat universitetining O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori sifatida faoliyat yuritgan.