Ko‘pchilik “kontrakt oshmadi, super-kontraktlar ham oshmaydimi?”, deb so‘rashayotgan edi.
Yo‘q, to‘lov-kontrakt miqdorlari oshmagach, o‘z-o‘zidan super-kontrakt narxlari ham oshmaydi. Aksincha, joriy yilda super-kontraktlar uchun narxlar arzonlashishi kutilmoqda.
Prezident raisligidagi videoselektorda rektorlarga “super-kontrakt” summasini tabaqalashgan holda belgilash vakolati ham berilishi aytilgandi. Bu aynan qanaqa bo‘lishi hozircha ma’lum emas, lekin katta ehtimol bilan, 4 ballgacha bo‘lgan shkala doirasi kengaytirilsa kerak. Ya’ni, masalan, 10 ball yetmay qolganga yanada arzonroq, 60 ball yetmaganga qimmatroq va h.k. Hozirgi tartibda 4 balldan ko‘p yetmay qolsa, hammaga bir xil summa belgilangan. 5 ball yetmagan bilan 50 ball yetmagan bir xil to‘laydi.
Xullas, joriy yilda super-kontrakt uchun o‘zgarishlar ko‘p bo‘lishi kutilmoqda. Masalan, Termiz davlat universitetida super kontrakt to‘lovlarini 30–40% gacha kamaytirish, uni 2 yil davomida bo‘lib to‘lash imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.